Select your language
1stepoutside
Yolg'iz boraman desam nima bo'ladi?

July 2026 · 2 min · Doniyor Abdurakhmonov

Yolg'iz boraman desam nima bo'ladi?

Hiking-Trekking-Sayohat-Maslahatlari

Yolg'iz kelsam noqulay bo'lmasmikan, deb o'ylaysizmi? Aslida bizning guruhlarimizning katta qismi aynan shunday odamlardan iborat — va nega bu yaxshi narsa ekanini aytib beramiz.

Ko'pchilik bizga shu savolni yozadi: "Men yolg'izman, do'stim yo'q, birga boradigan odam topolmadim... shunda ham qo'shilsam bo'ladimi?"

Qisqa javob — ha, albatta bo'ladi. Va aslida bizning guruhlarimizning katta qismi aynan shunday odamlardan iborat.

Keling, ochiqroq gaplashaylik. Ko'pchilik "yolg'iz borsam noqulay bo'lmasmikan" deb o'ylаydi. Hamma bir-birini taniydi, men esa begonaman, degan qo'rquv bor. Lekin haqiqat boshqacha bo'lib chiqadi. Bizning turlarimizga keladiganlarning aksariyati — bir-birini bilmaydigan, turli joydan kelgan odamlar. Kimdir ish stressidan chiqib kelgan, kimdir shunchaki tabiatni sog'ingan, kimdir esa "nihoyat o'zim uchun bir narsa qilaman" deb kelgan. Va bir necha soatdan keyin — avtobusda, dam olish paytida, ovqatlanish vaqtida — hammasi allaqachon suhbatlashib, hazil qilishayotgan bo'ladi.

Buning siri oddiy, tabiatda odamlar tezroq ochiladi. Telefonga qaramaysiz, ish haqida gapirmaysiz — faqat yo'l, tog', hordiq va yaxshi kayfiyat bor. Bu esa tanishuv uchun qulay muhit.

Gid ham shunga alohida e'tibor beradi. Agar guruhda yolg'iz kelgan odam bo'lsa, u albatta chetda qolmaydi, suhbatga, o'yinlarga, umumiy fotosuratlarga jalb qilinadi. Sizni "yolg'iz kelgan mehmon" emas, guruhning bir a'zosi sifatida ko'radi.

Va yana bir narsa, ko'pchilik aynan yolg'iz kelganlar keyinchalik eng ko'p qaytib keladigan mehmonlarga aylanadi. Chunki birinchi safar tanishgan odamlar bilan ikkinchi, uchinchi safar birga boradigan bo'lishadi. Ba'zilar hatto yaqin do'stlarga aylanib qolishgan — bu bizning kuzatishimiz, o'ylab topilgan gap emas.

Xullas, "yolg'iz borsam g'alati bo'lmasmikan" degan o'y sizni ushlab turgan bo'lsa — qo'ying bu o'yni. Kelasiz, tanishasiz, qaytganingizda esa ehtimol yangi bir necha do'st bilan qaytasiz.

Yolg'iz kelasizmi, do'stingiz bilanmi — farqi yo'q. Muhimi, kelasiz.

ShareTelegramWhatsAppX