August 2026 · 3 min · 1stepoutside team
Uzbekistondagi 3 ta eng baland sharsharalar
The breathtaking waterfalls of Uzbekistan
- Sangardak sharsharasi
— Surxondaryo, Sariosiyo tumanida joylashgan. O'zbekistondagi eng baland sharshara deb ataladi.
- Sharsharaning balandligi ~60-150 metr. Nega aniqlik yoʻq? Chunki yozda suv koʻpaygan sari balandroq koʻrinadi. Bu sharshara "Markaziy Osiyo Niagarasi" nomi bilan mashhur.
- Sayohatchilat sharsharaga asosan may oyi o'rtalaridan sentabr oyida tashrif buyurishadi.
- Tatar qishlogʻi sharsharasi
- Qashqadaryo, Yakkabog' tumanida joylashgan.
- Balandligi: 100 metr - sharshara daryodan 2 km yuqorida joylashgan.
- Sharshara atrofida ajoyib manzara, dorivor oʻsimliklarni, gʻorlarni koʻrish mumkin. Tog' yon bag'rida joylashgan qishloq tabiati musaffo, tog' havosi va tog'dan oqib tushuvchi zilol suvi bilan ajralib turadi. Sayohatchilar asosan, bahorda, yozda, kuzda borishadi.
- Suvtushar sharsharasi - Qashqadaryo, "Hisor" davlat qo'riqxonasida hududida joylashgan.
- Balandligi: 84 metr - sharshara dengiz sathidan 2100 metr balandlikda.
- Tabiat manzarasi ajoyib, hayratlanarli. Bu sharshara katta qoyatoshlar va archazorlar orasida joylashgan. Sayohatchilar asosan, yoz va qish oylarida tashrif buyurishadi.
