
August 2026 · 2 min · 1stepoutsideteam
Faslga qarab kiyim tanlash
Mavsumga qarab kiyimlarni toʻgʻri va mos tanlang!
Layered Clothing (Qatlamli Kiyinish) nima?
Bu hikingda eng to'g'ri kiyinish turi hisoblanadi. Bitta qalin kiyim oʻrniga bir-biriga mos 3 ta yupqa qatlam kiyish.
Sababi, harakat qilganda tanangiz isiydi, ozgina muddat to'xtab qolganda sovishni boshlaydi. Qatlamlarni kerak boʻlganda yechib/kiyib olish mumkin.
Keling, har bir qatlamni ko'rib chiqamiz. 3 ta asosiy qatlam:
a) Base layer (ichki qatlam)
- Terini quruq saqlaydi;
- Toʻgʻridan-toʻgʻri badanga kiyiladi;
- Merino jun yoki sintetik termobeli;
b) Mid layer (oʻrta qatlam)
- Issiqlikni saqlaydi;
- Fleece yoki yengil pufakli jaket;
- Havoni tana yaqinida ushlab, isitadi;
c) Outer layer/Shell (tashqi qatlam)
- Himoya qatlami;
- Shamol va yomgʻirdan saqlaydi;
- Nafas oluvchi (breathable) boʻlishi kerak.
O'zbekistonda Oktabr-Mart oylari sovuq mavsum hisoblanadi:
- Base layer
- Mid layer: Fleece + yengil jaket;
- Outer: shamol/yomgʻir/qordan himoyalovchi kurtka;
- Bu oylarda Qoʻlqop, shapka olib yurish tavsiya etiladi (togʻda tunda 0°C va undan ham pasga tushishi mumkin)
Aprel-Sentyabr - issiq-quruq mavsum:
- Base layer: yengil nafas oluvchi, tez quriydigan matolar, uzun yengli yengil kiyim bo'lishi shart (quyoshdan himoya uchun)
- Mid layer: fleece yoki yupqa jaket (ertalab/kechqurun uchun)
- Outer/Shell: yengil, ixcham yomgʻir kurtkasi (toʻsatdan yomgʻir uchun, ayniqsa aprel-may),
- Quyosh koʻzoynagi, SPF krem (ayniqsa Iyun-Avgustda, issiq va quruq).
