Select your language
1stepoutside
Toshkentning eng sokin va goʻzal 5 ta tabiat qoʻynidagi maskani

August 2026 · 4 min · 1stepoutside team

Toshkentning eng sokin va goʻzal 5 ta tabiat qoʻynidagi maskani

Panramik va chiroyli maskanlar!

1) Peak Small Chimgan

  • Chotqol tog‘laridagi eng mashhur cho‘qqilardan biri (2099m). Yo‘l davomida tog‘ manzaralari, yam-yashil vodiylar va chiroyli qoyalarni tomosha qilasiz. Bu yo‘l sayohatchilar uchun yengilroq va tabiatdan zavq olish uchun juda qulay.Cho‘qqiga chiqqaningizda butun Chimyon hududi, Chorvoq ko‘li va tog‘ etaklari go‘zal manzarada ko‘z o‘ngingizda ochiladi.

2) Lake Badak

  • Nefrit ko’llariga juda o’xshash, ammo undan ancha chiroyliroq. Ko’llarga borguncha siz judayam go’zal manzaralarga duch kelasiz. Bir tomonga 12-13 km yurib, 1000m tepaga ko’tarilamiz.
  1. Waterfall Ispay
  • Chotqol tog‘lari orasida yashiringan juda chiroyli joy. Tog‘ yo‘llaridan piyoda yurib, qoyalar va archa o‘rmonlari orasidan o‘tamiz. Sharshara oldiga chiqqaningizda, baland qoyadan oqib tushayotgan muzdek suv manzarasi va uning shovqini sizni butunlay boshqa dunyoga olib kiradi. U yerda dam olib, suratga tushib, toza tog‘ havosidan bahramand bo‘lasiz.
  1. Waterfall Obipar
  • Bu sharshara "Bounty" sharsharasi ham deb yuritiladi. Tog‘ yo‘llaridan piyoda ko‘tarilib borar ekansiz, yo‘l bo‘yi daraxtzorlar, shovullab oqayotgan soylar va toza havo sizga yo‘ldosh bo‘ladi. Sharsharaga yetib borganda esa, qoyadan oqib tushayotgan muzdek suv manzarasi barcha charchog‘ingizni unuttiradi. U yerda dam olib, ovqatlanib, chiroyli rasmlar olishingiz, tabiatning shirin havosidan bahramand bo‘lishingiz mumkin.
  1. Lake Urganch

Nefrit ko’llari 2 ta ko’ldan tashkil topgan: yuqori va quyi. Quyi ko’l xalqimiz orasida o’zining rangi bilan juda mashhur. Bu joyga borguncha haqiqiy tog’ mashinalariga o’tirib boramiz.

ShareTelegramWhatsAppX