August 2026 · 2 min · 1stepoutside team
Sharsharalar sayohati uchun xavfsizlik qoidalari
- Sayohatdan oldin
- Ob-havoni va suv toshqini xavfini tekshirish zarur. Chunki yuqori oqimda kuchli yomgʻir yogʻsa, siz turgan joyda quyosh chiqib tursa ham sharshara suvi toʻsatdan koʻtarilib ketishi mumkin.
- Kimgadur marshrut qachon yoʻlga chiqishi va qachon qaytishi haqida xabar berish.
- Sandal yoki yengil oyoq kiyimlar emas, yaxshi ushlab turadigan mustahkam trekking poyabzalini kiyish.
- Sharshara yonida
- Belgilangan yoʻlakdan chiqmaslik - koʻp hollarda sayohatchilar oʻz boshimchalik qilib, suratga tushish yoki manzarani yaqindan koʻrish uchun qoida buzishga harakat qiladilar va qoidalarga rioya qilmaslik yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin.
- Sharsharadan yuqorida hech qachon suzmang, suv tinch koʻrinsa ham oqim chetga olib ketishi mumkin.
- Sharshara atrofida ehtiyotkorlik bilan yurish, chunki sharshara atrofida sirpanchiq toshlar va suvoʻtlarni koʻp uchratish mumkin.
- Chuqurligi va tagida yashiringan toshlar noma'lum bo'lgani uchun suv havzasiga sakramang.
- Sharsharaning oʻziga (quruqmi, hoʻlmi) tirmashib chiqishga harakat qilmang.
- Umumiy
- Bolalarni, hayvonlarni hoʻl toshlardan uzoq tuting.
- Suv sathi ko'tarilsa yoki oqim kuchaysa, orqaga qayting.
- Birinchi yordam toʻplamini olib yuring va aloqa signali boʻlmasligini inobatga oling, oflayn xaritadan foydalanishga harakat qiling
