August 2026 · 3 min · 1stepoutside team
O'zbekistondagi eng go'zal tog' ko'llari.
Lakes of great beauty
- Aydarkoʻl
- Qizilqum choʻli oʻrtasida, Navoiy va Jizzax viloyatlari hududida joylashgan 1969 yilning bahorida paydo boʻlgan. Mahalliy aholi bu koʻlni "sahroning feruza daryosi" deb ham ataydi.
- Bu koʻlning manzarasi koʻplab sayyohlarni hayratlantirgan va bundan tashqari, koʻlda sazan, sudak, oqqayroq, laqqa baliq, chexon kabi baliqlarni uchratishingiz mumkin. Koʻl tepasida pushti pelikanlar va nafis oqqushlarni koʻrish mumkin.
- Charvoq koʻli
- Toshkent viloyatining shimolida, Boʻstonliq tumanida joylashgan. 1963-1970 yillarda Chirchiq daryosining boshlanish qismida gidroenergetika maqsadlarida barpo etilgan.
- Koʻlning atrofini chiroyli manzara oʻrab turadi va ichida zogʻora, qora baliq, gulmoyi, sig, pelyad kabi baliq turlari mavjud. Oʻzbekistondagi eng qadimiy arxeologik yodgorlik — Mustye davriga oid Obirahmat gʻori ham bor.
- Nefrit koʻli
- Toshkent viloyati, Bo'stonliq tumani, Ugom-Chatqol qoʻriqxonasi hududida, Urungach qishlogʻi yaqinida joylash boʻlib, tabiiy toʻgʻon boʻlib xizmat qilgan toshning qulashi natijasida paydo boʻlgan.
- Juda tiniq va shaffof — tubidagi har bir toshni va har xil suv oʻsimliklarni koʻrish mumkin, rangi qimmatbaho nefrit toshiga oʻxshash tosh borligiga guvoh boʻlasiz.
- Ohangaron vodiysidagi togʻ koʻllari
- Toshkent viloyatining Ohangaron tumani hududi janubi-sharqda joylashgan.
- Hududda tustovuq, burgut, kalxat kabi qushlar, kiyik, arxar va boshqa turli xildagi hayvonlarni uchratishingiz mumkin. Tumanda togʻli manzaralar, vodiylar, daryolar va togʻlardagi koʻllarni koʻrish mumkin.
