Select your language
1stepoutside
Hikingga chiqishdan oldin bilishingiz kerak bo'lgan asosiy qoidalar..

July 2026 · 3 min · 1stepoutside team

Hikingga chiqishdan oldin bilishingiz kerak bo'lgan asosiy qoidalar..

Bu qoidalarni bilsangiz sayohat vaqtida noqulaylikni his qilmaysiz.

a) Tayyorgarlik:

  • Marshrutni oldindan bilib olish - qanchalik uzoq, qancha vaqt ketadi, qayerda suv bor;
  • Kimgadir aytish - qayerga borayotganingizni va qachon qaytishingizni birov bilishi zarur;
  • Ob-havoni tekshirish - tog'da havo tez o'zgaradi, hatto yozda ham kechqurun sovuq bo'lishi mumkin;

b) O'zingiz bilan olib borish kerak bo'lgan narsalar:

  • Yetarli suv (kutganingizdan ko'proq);
  • Quvvat beruvchi ovqatlar (yong'oq, qurilgan meva, energetik batonchik);
  • Aptechka - plastir, dezinfeksiya, og'riq qoldiruvchi;
  • Fonar yoki telefon batareyasi to'liq zaryadlangan bo'lsin;
  • Qatlamli kiyimlar - pastda issiq bo'lsa ham, tepada sovuq bo'ladi;

c) Yo'lda:

  • O'z tezligingizda yuring, boshqalarga qarab shoshilmang;
  • Belgilangan yo'ldan chetga chiqmang - adashishingiz oson;
  • Charchasangiz, oldindagi odamga aytib dam oling - o'zingizni majurlab yurish shikastlanishga olib keladi;
  • Quyosh botishidan oldin qaytib tushishni hisoblab oling;

d) Tabiatga hurmat:

  • Axlatingizni o'zingiz bilan yig'ib, olib keting;
  • Yovvoyi hayvonlarga yaqinlashmang , ovqat bermang;
  • Tosh yoki o'simliklarni olishga yoki yulishga harakat qilmang.
Hiking-Trekking-Sayohat-Maslahatlari