
August 2026 · 2 min · 1stepoutside team
Togʻlarda birinchi marta sayohat qilyapsizmi? Boshlovchilar uchun qoʻllanma.
Hikingni boshlovchilar uchun foydali va ajoyib qoʻllanma!
- Mashrut tanlash:
- Masofa: 5-8 km, balandlik farqi 300-500 m;
- Oson va boshlangʻich darajali marshrut tanlang;
- Yaxshi belgilangan, mashhur yoʻldan boring;
- Mahalliylar yoki tajribali sayohatchilardan maslahat oling;
- Kiyim va poyabzal:
- Qatlamli kiyim: ter oʻtkazuvchi(sintetik/jun, paxta emas) + issiq qatlam (fliss) + shamol - yomgʻirdan himoya kurtka;
- Mahkam, changalli trekking botinka - oldindan sinab koʻring;
- Ryukzak va jihozlar:
- 20-30 litrlik ryukzak;
- Suv: 1.5-2 litr (issiqda koʻproq);
- Yengil ovqat: yoniq, quritilgan meva, energetik batonchik;
- Birinchi tibbiy yordam qutisi;
- Quyosh krem, quyosh koʻylagi, bosh kiyim;
- Telefon/GPS-navigator, powerbank;
- Fonarik, koʻp funksiyali pichoq;
- Jismoniy tayyorgarlik:
- 3-4 hafta oldin boshlang: haftada 2-3 marta yurish/yugurish;
- Zinapoyada mashq qiling;
- Ryukzak bilan mashq qiling;
- Xavfsizlik:
- Ob-havoni oldindan va sayohat kuni tekshiring;
- Erta chiqing - qorongʻi tushishidan oldin qayting;
- Yolgʻiz yurmang, marshrut va qaytish vaqtini kimgadir ayting;
- Belgilangan yoʻldan chetlanmang;
- Balandlik kasalligi belgilari (bosh og'rishi, aylanishi, koʻngil aynishi) - darhol pastga tushing;
- Kuchni toʻgʻri taqsimlang: "yetib borish emas, qaytish muhim";
- Tabiatga hurmat "Iz qoldirmang":
- Chiqindini oʻzingiz bilan olib qayting;
- Oʻsimlik va hayvonlarni bezovta qilmang;
- Faqat belgilangan yoʻldan yuring;
- Ovozni baland qilmang, boshqalarga hurmat koʻrsating;
- Qoʻshimcha maslahatlar:
- Birinchi safarni albatta tajribali hamroh bilan boshlang;
- Xavfli joylarda rasm olishdan saqlaning.
