Select your language
1stepoutside

July 2026 Β· 3 min

Toqqa chiqishdan oldin bilishingiz kerak bo'lgan asosiy qoidalar

Bu qoidalarni bilsangiz sayohat vaqtida noqulaylikni his qilmaysiz.

Tayyorgarlik. --- Marshrutni oldindan bilib olish- qanchalik uzoq, qancha vaqt ketadi, qayerda suv bor. ---Kimgadir aytish- qayerga borayotganingizni va qachon qaytishingizni birov bilishi zarur. --- Ob-havoni tekshirish- tog'da havo tez o'zgaradi,hatto yozda ham kechqurun sovuq bo'lishi mumkin.

O'zingiz bilan olib borish kerak bo'lgan narsalar --- Yetarli suv (kutganingizdan ko'proq) --- Quvvat beruvchi ovqatlar (yong'oq, qurilgan meva, energetik batonchik) --- Aptechka - plastir,dezinfeksiya,og'riq qoldiruvchi --- Fonar yoki telefon batareyasi to'liq zaryadlangan bo'lsin --- Qatlamli kiyimlar -pastda issiq bo'lsa ham, tepada sovuq bo'ladi

Yo'lda --- O'z tezligingizda yuring, boshqalarga qarab shoshilmang --- Belgilangan yo'ldan chetga chiqmang - adashishingiz oson --- Charchasangiz, oldindagi odamga aytib dam oling - o'zingizni majurlab yurish shikastlanishga olib keladi --- Quyosh botishidan oldin qaytib tushishni hisoblab oling

Tabiatga hurmat --- Axlatingizni o'zingiz bilan olib yuring --- Yovvoyi hayvonlarga yaqinlashmang , ovqat bermang --- Tosh yoki o'simliklarni olishga yoki yulishga harakat qilmang

Hiking-Trekking-Sayohat-Maslahatlari